Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiev Sherobod tumanining “Oyinli” mahallasida bo‘lib, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amaliy tadbirlar tashkil etilib kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Sherobod tumanida “Obod qishloq” dasturiga ko‘ra 2021-yilda “Oyinli” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Jarqo‘ton va Oyinli qishloqlarida 30 mlrd 287 mln so‘mlik obodonlashtirish, ta'mirlash, tiklash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib;
Unga ko‘ra 36 km ichki yo‘llar, 2 km piyodalar yo‘laklari, 10 km suv tarmog‘i qurilishi, 400 dona daraxt va ko‘chatlar ekish, 6 dona chiqindi qutilari o‘rnatish, 18 dona tungi yoritish tizimlari o‘rnatish, 89 dona tayanch ustunlari o‘rnatish, 5 km uzunlikda elektr tarmog‘i tortish va 3 dona transformator o‘rnatish, 16 dona yangi gaz ballonlari tarqatish, 78 ta yakka tartibdagi uy joylarni ta'mirlash, 750 metr uzunlikda yangi devorlar qurish, 1 dona maktabni rekonstruksiya qilish va 1 dona yangi maktab filiali qurish, 1 dona bog‘cha binosini rekonstruksiya qilish, 1 dona QOP binosini ta'mirlash va boshqa obodonlashtirish ishlari ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda:
•“Oyinli” mahallasi binosida homiylik asosida 80 mln so‘mlik kapital ta'mirlash ishlari yakunlandi.
•9 km ichki yo‘llarga hashar yo‘li bilan 89 mln. 600 ming so‘mlik tosh to‘shaldi.
Dasturda ko‘rsatilgan 400 dona daraxt va gul ko‘chatlari o‘rniga 1200 dona daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Shundan, 9 mln so‘mlik 600 dona archa ko‘chatlari ekildi.
Fuqarolar tomonidan qurilgan noqonuniy qurilmalar 80 foizga bartaraf etildi. (Jumladan: 1200 metr hovli devorlar va 100 dan oshiq noqonuniy qurilish ob'ektlari (hojatxonalar, molxonalar, bostirmalar, qo‘shimcha xo‘jalik binolari) ob'ekt egalari hisobidan buzdirildi)
Aholi tomonidan dasturdagi 620 ta yashash uylarida fasad qismini ta'mirlash, obodonlashtirish hamda tozalash ishlari olib borilmoqda.
•9 dona bozor infrastruktura ob'ektlari qurilmoqda.
•1 dona yangi transformator va 14 dona elektr tayanch ustunlari o‘rnatildi. 3 dona transformator punkti va 7 km havo elektr tarmog‘i joriy ta'mirlandi.
•16 dona maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi.
Ijtimoiy soha ob'ektlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha
•40 maktab binosini kapital ta'mirlash;
•40 maktab filialini rekonstruksiya qilish;
•Ichimlik suvi ob'ekti va suv quvurlari qurish;
•85-sonli QOP binosini rekonstruksiya qilish;
•17-sonli MTT binosini rekonstruksiya qilish;
•Tungi yoritish ustunlari o‘rnatish va yo‘laklar qurilishi yuzasidan tuman hokimining tegishli qarorlari qabul qilindi va ishlar boshlab yuborildi.
•Davlat xususiy sherikchilik asosida 50 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti qurib bitkazildi.
Mahallaga biriktirilgan mas'ullar tomonidan doimiy ravishda fuqarolar o‘rtasida tushuntirishlar, uylarni va daraxtlarni oqlash, tomorqa yer maydonlarida ekinlar ekish, obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda.
•“Oyinli” mahallasidagi xonadonlardan ta'mirlash va qurilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tumandagi barcha tashkilotlar 5 tadan xonadonga biriktirilib, xonadonlarni ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi