O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi
2021-07-29 | Jamiyat
Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu o‘quv markaz Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan o`ninchi o‘quv markazi hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Dehqonobod tumani hokimligi, keng jamoat vakillari hamda shahar yoshlari ishtirok etishdi.
Mazkur markazda aholi va yoshlarning hamda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqishga jalb etish uchun mo‘ljallangan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi