O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Berlinda bo‘lib o‘tgan tadbirda yosh vatandoshimimizga yuksak davlat mukofoti topshirildi

2021-07-29 | Jamiyat

Mamlakatimizning Berlindagi  elchixonasida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va Germaniyada ta’lim olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan faol o‘zbek yoshlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda 25 nafar yurtdoshimiz mamlakatimiz elchixonasi binosida, 80 nafardan ziyod yoshlar «ZOOM» platformasi orqali ishtirok etdi.
O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev yurtimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati hamda uning mazmun-mohiyati haqida atroflicha to‘xtaldi. Respublika yoshlari yetakchisi mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilganligi va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda tobora takomillashib borayotganini qayd etdi.  
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga binoan, «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan «Tesla» kompaniyasining axborot texnologiyalarini rejalashtirish bo‘yicha tahlilchisi Mushtariy Sharifovaga davlat mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Germaniyadagi yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Tadbir yakunida yozilgan bayram dasturxoniga tortilgan milliy taomlar Vatandan olisda bo‘lgan yoshlarimiz uchun ona-yurt taftini bir zumga bo‘lsa-da  qalban his qilish imkoniyatini berdi.
Davra suhbati yakunida Agentlik muxbiri ishtirokchilar fikrlari bilan qiziqdi.
Mushtariy Sharifova, «Tesla» kompaniyasining axborot texnologiyalarini rejalashtirish bo‘yicha tahlilchisi, «Shuhrat» medali sohibasi: - Bugungi uchrashuvda davlatimiz rahbari nomidan menga «Shuhrat» medali tantanali topshirildi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mening kamtarona mehnatim shu qadar yuqori baholanib, yuksak davlat mukofotiga loyiq topilganimidan benihoya baxtiyorman. Ishontirib aytamanki, men kelgusida yurtimiz taraqqiyotga munosib hissa qo‘shish uchun o‘z ustimda ishlashni davom ettiraman. O‘zbekistonimizning barcha yoshlariga omad tilayman.
Dildora Karimova, Berlin texnologiya va iqtisodiyot universiteti talabasi (xalqaro biznes yo‘nalishi):
- Bugungi tadbirdan juda katta taassurotlar oldik. Chunki davra suhbati qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Shu bilan birga tengdoshim - Mushtariy Sharifovaning «Shuhrat» medali taqdirlangani biz uchun ham juda katta voqea bo‘ldi. Xorijda ta’lim olayotgan va ishlayotgan yoshlarga bo‘lgan bunday e’tibor, shubhasiz, bizni ikki karra ko‘proq tirishqoqlik bilan o‘qish va izlanishga, jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga undaydi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться