O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi boshlangani O‘monda taqdim etildi

2021-07-29 | Saylov

Mamlakatimizning O‘mondagi elchixonasida ushbu davlatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ishtirokchilar mamlakatimizda  aholi farovonligini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshrilayotgan islohotlar bilan batafsil tanishtirildi. 
Uchrashuv chog‘ida mamlakatimiz Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi boshlangani e’lon qilingani to‘g‘risida atroflicha fikr yuritildi. 
Joriy yil 24-oktabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgilangani qayd etildi. 

Xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizning mazkur saylovda ishtirok etish tartibi tilga olingani barobarida vatandoshlarga elchixona binosida saylov uchastkasi tashkil etilishi va bo‘lajak saylov qonuniylik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflik tamoyillariga to‘la amal qilingan holda o‘tkazilishi ta’kidlandi.
 Muloqot davomida, shuningdek, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining «Saylov 2021» veb-portali va boshqa axborot resurslari ham taqdim etildi.
Uchrashuv so‘nggida yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться