O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dushanbe shahrida ShHTga a'zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi o‘tkazildi

2021-07-29 | Xavfsizlik sohasi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mudofaa vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston va Belarus  mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
 
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, mudofaa vazirlari ShHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash, mintaqa va dunyodagi hozirgi vaziyat, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash hamda ShHTga a'zo mamlakatlar xavfsizligiga oid masalalarni muhokama qilishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться