O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish, oqibatlarini bartaraf etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati mavjud

2021-07-28 | Jamiyat

Bilamizki, mamlakatimizning 78 foiz yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan.

MSK – 64 yer shkalasi bo‘yicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir bo‘lishi kuzatiladi.

Shu sababli, mamlakatimiz aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish, mas’ul davlat organlarining bu boradagi vakolatlarini belgilash hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish, ularning oqibatlarini bartaraf etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati mavjud.

bugungi kunda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi munosabatlar 20 ga yaqin qonunosti hujjatlar bilan tarqoq holda tartibga solinadi va mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha tadbirlar qonunchilikda nazarda tutilmagan.

Respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar to‘plami bugungi kunda yaqqol yetishmaydi.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020 yil 30 iyuldagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.

Qonun bilan davlat organlarining, xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Mahalliy davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi asosiy vazifalari, seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan ob’ektlarning tasnifi hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini tekshirish hamda monitoring qilish tartibi belgilanmoqda va Seysmik xavfsizlikni ta’minlash ob’ektlari ahamiyatiga ko‘ra 4 ta toifaga bo‘linmoqda. Shu bilan birga, qonun bilan yana bir qator yangi tartib, huquq va majburiyatlar belgilanmoqda.

O‘z o‘rnida shu kabi ofatlar oldini olish, aholini xavfsizligini ta’minlash borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan barchani tanishtirish maqsadida joriy yilning 28 iyul kuni Poytaxt biznes markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi oldidan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi hamda qo‘mita a’zolari, qo‘mita huzurida tashkil etilgan Ekspert guruhi a’zolari, FVV birinchi o‘rinbosari, IIV o‘rinbosari va boshqa bir qator tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida qo‘mita raisi Q.Burxanov kirish so‘zi bilan Senatning o‘n yettinchi yalpi majlisi joriy yilning 30 iyul kuni bo‘lib o‘tishini barchaga ma’lum qildi va yalpi majlisda qo‘mita tomonida kun tartibiga kiritilgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, dastlab «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni haqida so‘z yuritildi.

Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshevga so‘z berildi. Tizimda olib borilayotgan ishlar xususida majlis ishtirokchilarida mavjud savollar o‘rtaga tashlanib, muhokama qilindi.

So‘ng O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan respublikamizda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevichning axboroti tinglandi. Axborotda 2021 yil 6 oyda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,3 foizi (43 493 tasi) fosh etilgani, qidiruvdagi 1 833 nafar shaxs ushlangani, bedarak yo‘qolgan 218 nafar shaxs topilgani aytib o‘tildi. Shuningdek, respublikamizda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq masalaga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmaganligi sababli,  

2021 yilning 6 oyi davomida jami 3,5 millionga yaqin, 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgani, oqibatda 3754 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3170 nafar fuqaro jarohatlangani va 954 nafar fuqaro halok bo‘lgani, eng achinarlisi, 2021 yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 542 ta YTH sodir etilib, ularda 458 nafar bola jarohatlangani va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgani tanqidiy savol-javoblarga sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari, qo‘mita majlisi kun tartibiga muvofiq «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi hamda «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi holati yuzasidan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari e’lon qilindi.

Manba: O'zA

Поделиться