O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Futzal. Terma jamoamiz xalqaro turnirning yarim finalida
2021-07-28 | Sport
Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Litva mamlakati mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etadi.
O‘z tarixida ikkinchi bor mundialda qatnashayotgan termamiz bu gal avvalgisidanda ijobiyroq natijani ko‘zlayotganligi sir emas. Shu maqsadda xalqaro yig‘inlar, dunyoning kuchli termalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Ana shunday tayyorgarliklardan biri bu gal Tailandda uyushtirilmoqda.
Bahodir Ahmedov ustozligidagi terma jamoamiz 25-iyuldan boshlanib, 30-iyulga qadar davom etadigan xalqaro futzal turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Futzalchilarimiz musobaqaning «A» guruh bosqichi doirasida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o‘zaro kuch sinashdi. Kosova va Mozambik termalarini yirik hisoblarda mag‘lub etgan yurtdoshlarimiz maydon egalariga qarshi teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va guruhdagi ikkinchi o‘rin bilan yarim finalga yo‘llanma oldi. Endi futzalchilarimiz yarim finalda «V» guruhida bahs olib borgan Eron, Misr, Tojikiston hamda bo‘lajak jahon chempionati mezboni Litva terma jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarda birinchi o‘rinni egallagan Eron termasiga qarshi maydonga tushadi.Ikkinchi yarim finalda esa Tailand hamda Misr termalari o‘zaro kuch sinashishadi. O‘yinlar bugun bo‘lib o‘tadi.
«Kontinental» xalqaro turnirining guruh bosqichida hamyurtlarimiz ishtirokidagi o‘yinlar natijalari:
1-tur. 25 iyul
O‘zbekiston – Kosova – 6:3
Gollar: Davron Choriyev (1, 2, 37), Dilshod Rahmatov (18), Ixtiyor Ropiyev (22), Xushnur Erkinov (36) – Salixu Meriton (6), Mergim Dervishaj (8, 17).
2-tur. 26 iyul
Mozambik – O‘zbekiston – 0:10
Gollar: Ilhomjon Hamroyev (9), Akbar Usmonov (13, 21), Anasxon Rahmatov (21), Ixtiyor Ropiyev (25, 39), Elbek To‘lqinov (29), Xushnur Erkinov (29), Dilshod Rahmatov (33), Muzaffar Ahadjonov (35).
3-tur. 27 iyul
Tailand – O‘zbekiston – 4:3
Gollar: Supxavut Tuyenklang (11, 26), Jetsada Chudex (4-o‘z darv., 26), Vorasak Srirangpirot (40) – Husniddin Nishonov (19), Davron Choriyev (28).
Yig‘in davomida Bahodir Ahmedovga ispaniyalik Arkaitz Sisniyega va Karlos Korona jamoaning jismoniy tayyorgarligi va darvozabonlar mahorati bo‘yicha yordam berishyapti.
Manba: O'zA