Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Raxmat Mamatov Qorako‘l tumaniga tashrif buyurdi va mutasaddilar bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati hamda tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida “Mirzaqal'a” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarini o‘rganildi.
Shuningdek, mahalladagi barcha infratuzilma obe'ktlari, aholi xonadonlarida bo‘linib, ularni qiynab kelayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Mahalla markazida temirchilik bilan oila tebratuvchi Ixtiyor Hayitmurodov ustoz-shogird an'anasi asosida yoshlarni o‘z atrofiga yig‘ib, ularga o‘z kasbining sir-sinoatlarini o‘rgatmoqda. Bugun mahalladagi yoshlar kasb sabog‘ini olayotgan ushbu maskan faoliyatini kengaytirishga muhtoj. Bugungi tashrif sharofati bilan tumandagi "Usto Qarri polvon" fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan bino yangidan qurilib, mahallani temir asbob-uskunalar bilan ta'minlaydigan markazga aylantiriladigan bo‘ldi.
Hududda eski sartaroshxona binosi mavjud bo‘lib, mas'ullare'tiboridan ushbu maskan ham chetda qolmadi. O‘z kasbi bilan mahallaning kattayu kichigiga xizmat qilib kelayotgan Jamshid Odilovga ham yangi bino qurishda ko‘mak beriladigan bo‘ldi.
Vazir boshchiligidagi ishchi guruh aholi xonadonlarida bo‘lib muammolarini o‘rganish barobarida, dehqonchilik, xususan uzumchilikda namuna olsa arziydigan xonadon sohiblarining malakasini e'tirof etdilar.
salomatligi joyida bo‘lsada o‘zining asosiy muammosi ishsizlik ekanini, shu sababli ijtimoiy himoyaga biroz muhtoj bo‘lib qolganligini bildirdi.
Qo‘shnisi J.Farmonov oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, oilaviy tunu kun mehnat qilib farovon hayotda yashayotganligini bildirdi. R.Mamatov mahallada avvalo, aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlami, shuningdek bandligi ta'minlanmagan, boquvchisini yo‘qotgan, turmushdan ajrashib oilasida nosog‘lom muhit yuzaga kelganlar bilan yaqindan ishlash lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Mehmonlarning keyingi manzili 1-sektor hududi hisoblangan shahar mahallasi "Eskiqal'a" dagi ijtimoiy uylar bo‘ldi. Yaqindagina ijtimoiy muammolar girdobida boshpanasiz qolgan ayollar Muhtaram Prezidentimizning chin ma'nodagi qo‘llovini o‘z tanasida his qilayotganini ularning yuz-ko‘zidan sezish qiyin emas.
Kechagina bu yerga yashasam bo‘ldi deya tashrif buyurgan ayollarimiz bugun kichik tadbirkorlik sub'ektlariga aylanish arafasida. Sababi uyda ro‘yxatda turgan fuqarolarning erta tongda uyg‘ongach "Men nima qilaman?" degan savolga javobi bor. Kimdir hududda go‘zallik saloni tashkil qilgan bo‘lsa, kimlardir tikuv sexda mehnat qilmoqda.
Darvoqe, mazkur uyda issiqxona, novvoyxona, etikdo‘zlik va savdo-sotiq qilish uchun ham barcha sharoitlar yaratildi. Hudud to‘liq asfaltlashtirilib, muhandislik-kommunikatsiya tizimi to‘liq yangilandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi