O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Elchisi bilan uchrashuv
2021-07-27 | Siyosat
2021-yilning 27-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Muloqotda Afgʻonistondagi mavjud vaziyat va xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlari, shuningdek, afgʻon masalasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha atroflicha fikr almashildi. Rossiya elchisi Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni oʻrnatishda, shuningdek, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga mazkur davlat ishtirokini taʼminlashda Oʻzbekistonning muhim rolini taʼkidladi. O.Malginov ikki tomonlama munosabatlarni yuqori baholadi. Shuningdek, natijalari mintaqalararo aloqani mustahkamlashga xizmat qiladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasini (2021-yil 15-16-iyul) muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi