O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Latviya Elchisi bilan uchrashuv
2021-07-27 | Siyosat
2021-yilning 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mixails Popkovsni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan qabul qildi.
TIV rahbari Elchining Toshkentdagi diplomatik vakolatxona rahbari lavozimida ishlagan chog‘ida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi M.Popkovs Latviyaning O'zbekistondagi Elchisi sifatida, unga doimiy yordam ko‘rsatilgani va samarali hamkorlik uchun minnatdorligini izhor etdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi