O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidenti bugun Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi loyihalar bilan tanishadi
2021-07-26 | Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari – Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazgan an’anaviy brifingda davlatimiz rahbarining joriy haftadagi ish rejalari haqidagi ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.
Jumladan, bugun Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Davlatimiz rahbari Matbuot kotibining aytishicha, 27-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti kon-metallurgiya sanoati rivojlanishi bilan tanishadi.
Hafta davomida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga bag‘ishlangan videokonferensiya ham rejalashtirilgan.
Sherzod Asadov, shuningdek, avgust oyining birinchi yarmida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tishini va biznes vakillaridan tegishli takliflar 31 iyulgacha qabul qilinishini tasdiqladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi