O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoroda Prezident maktabi uchun talabgorlar test sinovlarini topshirmoqda
2021-07-26 | Ta’lim
Joriy o‘quv yilidan boshlab, Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Prezident maktabi faoliyat boshlaydi. Prezident maktabiga dastlabki o‘quv yilida 5-10-sinflarga qabul o‘tkaziladi.
Dastlabki o‘quv yilida Buxorodagi Prezident maktabiga 5 ming 767 nafar o‘quvchi-yoshning arizalari qabul qilingan. Viloyat hokimligi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish uchun “Dilkusho” tennis markazida barcha zarur chora-tadbir ko‘rilgan. Natijada bir paytning o‘zida 1 ming 440 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyati yaratilgan.
Majmuada test sinovlarini yuqori darajada adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Ma’lum qilinishicha, dastlabki sinov natijalari avgust oyining o‘rtalarida e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqich sinovlari 20-avgustdan 25-avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: O'zA