O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida faol o‘qituvchilar taqdirlandi
2021-07-26 | Jamiyat
“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov o‘z yakuniga yetdi va tanlov natijasiga muvofiq TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Buxoro viloyatidan 6 nafar o‘qituvchilar taqdirlandi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini taqdirlash “IT Park Buxoro filiali”da o‘tkazildi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Yaxshiyev, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari F.Qurbonov, “IT-PARK” ning Buxoro filiali ta’lim menejeri T.Mirzayev ishtirok etdi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan ushbu “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi