O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘liqni saqlash Vazirligida Media holl tashkil etildi

2021-07-23 | Sog‘liqni saqlash

Tibbiyot tizimidagi yangiliklarni mediamakonda tezkor va sifatli yetkazib borish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligida “O‘zbekiston 24” telekanali bilan hamkorlikda media holl tashkil etildi.

Bugundan boshlab vazirlikning o‘zida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zolari, tibbiyot sohasidagi nufuzli olimlar, vazirlik mutasaddi rahbarlari sog‘liqni saqlash sohasidagi jarayonlar, xususan, koronavirusga qarshi kurashish, kasallikni davolash va vaksinasiya jarayonlari haqida muntazam ma'lumot berib borishadi.
 
Hozirda media makonda tibbiyot sohasidagi ishonchli axborotlarga talab yuqoriligi, aholi orasida koronavirus va vaksinasiya borasidagi savodxonlikni rivojlantirish, turli asossiz mish-mishlarga yo‘l qoldirmasdan eng to‘g‘ri va tezkor yangiliklarni yurtdoshlarimizga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu media hollda muloqotlar “O‘zbekiston 24” telekanalida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatib boriladi.
 
Bugun YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinborsari Elmira Basitxanova ushbu media holl ochilishi munosabati bilan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
 
Ma'lumot uchun, bugun soat 13:15 da Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan media holldan ilk to‘g‘ridan to‘g‘ri efir amalga oshiriladi. Unda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zolari Sevara Ubaydullaeva va E'zozbek Rizaevlar koronavirusni davolashda antibiotiklardan foydalanishning zararli oqibatlari haqida ma'lumot berishi kutilmoqda.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Sоg`liqni sаqlаsh vаzirligi

Поделиться