O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona davlat universiteti rektori anklav hudud bitiruvchilarini otaliqqa oldi

2021-07-23 | Ta’lim

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning fuqarolar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda  murojaatlarning yechimiga e’tibor qaratilib, qabul davomida bildirilgan har bir masalaning ijrosi nazoratga olindi.

Xususan, Farg‘ona viloyati hokimligining joriy yil 17-iyul kungi Farg‘ona tumani "Hosilot" mahalla fuqarolar yig‘ini Toshtepa qishlog‘idagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, ushbu hududdagi 6-umumta’lim maktabi bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun tayyorgarlik masalasi chuqur o‘rganib chiqildi.

Ma’lumki, ushbu maktab anklav hududda joylashgan bo‘lib, bir qator muammolar bor. Maktabda kadrlar yetishmasligi, internetdan foydalanish imkoniyati yetarli emasligi, pandemiya sharoitida o‘quv jarayonlari uzoq muddat davom etmaganligi bois hozirgi kunda oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan bitiruvchilar universitetning ma’naviy ko‘magiga muxtoj.

Mazkur vaziyatni chuqur o‘rgangan universitet rektori  qabul davomida bitiruvchilarning har biri, ularning ota-onasi va maktab direktori bilan alohida suhbatlashdi. Suhbat jarayonida maktabda ta’lim sifati, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlaganligi, ma’naviy faoliyat, chet tillarining o‘qitilish darajasi, axborot kommunikatsiya, internet tizimi holati ham batafsil o‘rganib borildi.

Rektor bitiruvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashar ekan, o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun ularni shu bugundan otaliqqa olishga tayyor ekanligini bildirdi.  

-Yoshlarga oliy ta’limga qadam qo‘yishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berishga tayyormiz, biroq eng katta sinovdan - test bosqichidan adolatli ravishda ularning o‘zlari o‘tadilar,-deydi B. Shermuhammadov.  

Bitiruvchilarga chegara hududdan qatnamasliklari, muntazam turib o‘qishlari uchun universitet yotoqxonasidan joy ajratilishi, ularga o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bepul mashg‘ulotlar olib boruvchi universitetning malakali o‘qituvchilari biriktirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, anklav hudud sharoitida ta’lim jarayonini izga tushirishga intilayotgan  yoshlar taqdiriga mas’uliyat bilan yondashib, mutasaddilardan ko‘mak izlayotgan tajribali pedagog - 6 maktab direktori X.Madrahimovga rektor tomonidan universitetning "faxriy professori" bo‘lish, talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berishda jamoatchilik asosida hamkorlik qilish taklifi bildirildi.  

Yoshlar bugunning o‘zida universitet hayoti bilan tanishib, mashg‘ulotlar rejasini belgilab olish, yotoqxonaga joylashish uchun yo‘l oldilar.  

Manba: O'zA

Поделиться