O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muhammad Sulaymon al-Jassir ITB Prezidenti etib saylandi

2021-07-23 | Iqtisodiyot

Islom taraqqiyot banki (ITB), Boshqaruvchilar Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov ITB Guruhining Bosh kotibiyati tasdig‘iga muvofiq, Boshqaruvchilar Kengashi Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan taklif etilgan nomzod – doktor Muhammad Sulaymon al-Jassirni ITBning yangi prezidenti lavozimiga besh yil muddatga saylash to‘g‘risida sirtdan qaror qabul qilganligini e'lon qildi.

Boshqaruvchilar Kengashi, shuningdek, Ikki muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatiga ITBni tashkil etilganidan buyon qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun o‘zining chuqur minnatdorligini bildirishi xususida qaror qabul qildi.
 
Qarorda doktor Bandar ibn Muhammad Al-Hajar Janobi Oliylari tomonidan saylanganidan buyon ITB tuzilmalari va ITB Guruhi oldida amalga oshirilgan mukammal faoliyati hamda o‘tgan davr mobaynida jahon moliya bozorlaridagi moliyaviy tashkilotlar orasida o‘z mavqeini ko‘tarishga imkon bergan ulkan muvaffaqiyatlari Bank Boshqaruvchilari Kengashi tomonidan e'tirof etilgani va yuqori baholangani aks ettirilgan.
 
2021-yil, 6-iyul, seshanba kuni S.Umurzakov raisligi va Qo‘mita a'zolari bo‘lgan Boshqaruvchilar ishtirokidagi Bank Boshqaruvchilari Kengashining Tartib-taomillar bo‘yicha qo‘mitasi ITB raisi lavozimida doktor Bandar ibn Muhammad al-Hajar Janobi Oliylari o‘rniga faoliyat yuritish uchun Saudiya Arabistoni Podshohligi vakili, doktor Muhammad al-Jassir Janobi Oliylarining nomzodini ko‘rib chiqish maqsadida videokonferensiya o‘tkazdi.
 
Ushbu yig‘ilish chog‘ida Qo‘mita doktor al-Jassirni keyingi 5 yilga ITBning yangi Prezidenti lavozimiga saylash to‘g‘risidagi qaror loyihasini qabul qilishni tavsiya etdi. Shuningdek, Qo‘mita doktor Hajjarga minnatdorlik maktubini yuborish to‘g‘risida yana bir qaror loyihasini qabul qilishni tavsiya qildi. Ikkala qaror loyihasi ham Direktorlar kengashi a'zolariga sirtdan qabul qilish uchun taqdim etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться