O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ITSV: yuqori darajadagi ochiqlik va ko‘p tomonlama hamkorlikka tayyorlik

2021-07-19 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida mahalliy ommaviy axborot vositalari, media makonining vakillari va blogerlar bilan press-nonushta tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ko‘p tomonlama hamkorlikni davom ettirish shakllarini muhokama qilib, idoraning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari oldidagi ochiqligini yanada oshirish muhimligini ta'kidladilar. Vazirlik rahbariyati ommaviy axborot vositalarining davlat, biznes va aholi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta'minlashda muhim o‘rin tutishini qayd etdi, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar va eksportchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va ularga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
 
Shuningdek, tadbir doirasida “FURSAT” davlat media-loyihasi taqdim etildi. Loyihani investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.Voitov, Yoshlar ishlari Agentligi direktori A.Sa'dullaev hamda ITSV tomonidan loyiha koordinatorlari taqdim etdilar.
 
A.Voitov o‘z nutqida loyihaning asosiy maqsadi yigit - qizlarni o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashdan iborat ekanligini ta'kidladi.
 
“FURSAT” loyihasining missiyasi – yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ular bandligini oshirishga qaratilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (YoSTZ)ni yaratish va faoliyatini tashkil etish tashabbusini ilgari surish ekanligi ta'kidlandi.
 
Tashabbus shuningdek, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish va sanoatning turli sohalariga innovatsiyalar kiritishni rag‘batlantirishga mo‘ljallangan.
 
Prezident Qaroriga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 219 ta YoSTZ tashkil etiladi, ulardan 185 tasi hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda va hududlarida dastlabki loyihalar amalga oshirilishi boshlangan. Barcha YoSTZlar zarur infratuzilma bilan ta'minlanadi va ularda yosh tadbirkorlarning innovasion g‘oyalari asosida o‘z loyihalarini amalga oshirishlari hamda ishlab chiqarish ob'ektlarini qo‘rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
 
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgani hamda yoshlar loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million dollar ajratilgani qayd etildi.
 
“FURSAT” loyihasining ishtirokchisi kim bo‘lishi mumkin?
 
O‘z biznes g‘oyalari bor, ammo uni boshlash uchun tajriba va boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lmagan 18 – 30 yoshli yigit-qizlar loyiha ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin.
 
Qanday qilib “FURSAT” loyihasining a'zosi bo‘lish mumkin?
 
Agar sizda biznes-g‘oya yoki tayyor biznes-rejasi bor bo‘lsa, www.fursatloyiha.uz veb-sayti (http://www.fursatloyiha.uz/) yoki @fursatloyiha_bot telegram – bot orqali ariza bering. Arizangiz o‘rganilib, tasdiqlanganidan so‘ng 7 yil muddatga 100 ming dollargacha imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, sizga yaqin bo‘lgan YoSTZ hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 1000 kvadrat metrgacha yer ajratilishi mumkin.
 
Agar sizda biznes-reja bo‘lmasa, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar fabrikasi” biznes-inkubatorlarining tajribali mutaxassislari uni ishlab chiqishda sizga zarur yordam beradilar.
 
Ma'lumot uchun telefon raqami: 71 238 52 21.
 
Loyihaning brendi haqida
 
Logotip “FURSAT” so‘zidan iborat bo‘lib, uning “U” harfi “tabassum” ramzini ifodalaydi. U, o‘z navbatida, mamlakat Hukumatining yosh tadbirkorlarga uzatayotgan “yordam qo‘lini” aks ettiruvchi ikkita “kichik odamchalar”ning qo‘l siquvi natijasida shakllanadi.
 
Shiori
 
Shiorning o‘zbek tilidagi versiyasi: “Imkoniyatlar seniki!”. Shior “imkon”, “qulay, mos payt” ma'nolariga ega bo‘lgan “fursat” so‘zining mohiyatini aks ettiradi. Bu loyihada u to‘g‘ri kelgan vaqt, qulay, biznesni boshlash uchun foydali fursat degan ma'noni anglatadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться