O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Yaponiyaning Maydzuru shahrida iliq kutib oldi

2021-07-19 | Sport

Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) raisining o‘rinbosari, Dzyudo federatsiyasi prezidenti Azizjon Komilov boshchiligidagi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaning Maydzuru shahrida samimiy kutib olindi.

O‘zbekistonlik sportchilar ushbu shaharda Olimpiya o‘yinlari oldidan so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Mamlakatimiz elchixonasi xabariga ko‘ra, Maydzuru shahar hokimligi shahar aholisi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston milliy terma jamoasini kutib olish marosimini tashkil qildi. 

Shahar hokimi Ryodzo Tatami, elchixona maslahatchisi Muzaffar Jalilov va Dzyudo federatsiyasi prezidenti Azizjon Komilov ishtirokchilarga qutlov so‘zi bilan murojaat qildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi va Maydzuru shahri meriyasi o‘rtasida Olimpiya o‘yinlaridan keyin sport sohasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Azizjon Komilov Ryodzo Tatamiga O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi nomidan minnatdorlik xati va esdalik sovg‘alari topshirdi.

Maydzuru shahridagi maktab xorining O‘zbekiston milliy madhiyasini ijro etishi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Marosim Yaponiyaning “Yomiuri”, “Asahi”, “Mainichi”, “Sankei” va “Kyoto” yetakchi gazetalari, shuningdek, “NHK” telekanali tomonidan keng yoritildi.

Eslatib o‘tamiz, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan quyidagi sportchilar joy oldi:

Erkaklar:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev

-66 kg: Sardor Nurillayev

-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov

+100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Ayollar:

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-63 kg: Farangiz Xojiyeva

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться