O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya xalqi va rahbariyatiga hamdardlik
2021-07-19 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansleri Angela Merkelga ushbu mamlakat g‘arbida ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti