O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pedagogika universitetining bitiruvchilarini maktablar va bog‘chalar kutmoqda

2021-07-17 | Ta’lim

Yurtimizdagi pedagogik oliy ta’lim muassasalarini yiliga 10 minglab talabalar bitirib chiqib, pedagog deya atalmish muqaddas nomga sazovor bo‘ladilar.

Bilim va axborot tinimsiz ko‘payib borayotgan ushbu zamonda pedagogika sohasi va pedagoglarga qo‘yiladigan talab va mas’uliyatlar ham ortib boradi. Pedagog kadrlar tayyorlashda flagman bo‘lgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bugun bakalavriat tahsilini a’lo natijalar bilan yakunlagan iqtidorli bitiruvchi talabalarga imtiyozli diplom berish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Abdulla Avloniy tavallud sanasida o‘tkazilgan tadbirda universitet rektori Alisher Umarov 29 nafar iqtidorli bitiruvchilarni taqdirladi. Tadbirda ularning ota-onalari, universitet professor-o‘qituvchilari va jamoatchilik ishtirok etdi. 

Bitiruvchi talabalar ta’lim-tarbiya berishda, pedagoglik kasbini o‘rgatishda o‘z mehnatlarini ayamagan mehri daryo ustozlarga minnatdorchilik bildirdilar. Tadbirga tashrif buyurgan bitiruvchilarning ota-onalari tomonidan universitet jamoasiga, ustozlarga, murabbiylarga minnatdorchilik bildirdilar.

Shundan so‘ng TDPU rektori Alisher Umarov tomonidan iqtidorli bitiruvchi talabalarga imtiyozli bakalavr diplomlari va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir so‘nggida Adiblar xiyobonida joylashgan Abdulla Avloniy haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun ta’lim berishdek sharafli hayot yo‘liga qadam tashlagan bitiruvchi talabalarga, munosib pedagoglarga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Manba: O'zA

Поделиться