O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2021-07-16 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 

 Xalqning bunyodkorlik qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda Uchinchi Renessansning ilmiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirish maqsadida: 

1.Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Madaniyat vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini (keyingi o‘rinlarda – Markaz): 

“Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini keng targ‘ib qiluvchi; 

mamlakat tarixining yangi yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy asosda o‘rganuvchi, uni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi

moddiy madaniy meros namunalarini, islom dini bilan bog‘liq qadimiy va boy an’analarni targ‘ib qiluvchi ilmiy-ma’rifiy maskanga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 

2. Quyidagilar Markazning yangilangan asosiy vazifalari etib belgilansin: 

muqaddas islom dini bilan bog‘liq boy merosni ilmiy tadqiq etish, uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rnini innovatsion usullar orqali targ‘ib qilish

O‘zbekistonda yuz bergan umummilliy yuksalishlartarixiy renessanslarning ildizlari va mazmun-mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish; 

buyuk ajdodlarning jahon tamaddunidiniy va dunyoviy ilmlar rivojiga qo‘shgan hissasini eng zamonaviy usullar va vositalar orqali yoritib borish

yoshlarni ilm-ma’rifatga da’vat etadiganmilliylik va diniylik o‘rtasidagi uyg‘unlik mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan media mahsulotlar, ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash; 

ziyorat turizmining ilmiy asoslari bo‘yicha yetarli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash hamda ularning malakasini tizimli oshirib borishni ta’minlash; 

ilm-fanning jadal taraqqiyotini ko‘rsatib beruvchi sermazmun eksponatlar fondiqo‘lyozma va zamonaviy nashrlardan iborat boy kutubxonalar tizimini shakllantirish hamda ularning jahon muzeylari va kutubxonalari tarmog‘iga ulanishini ta’minlash; 

O‘zbekiston xalqining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha fundamental tadqiqotlar dasturlari va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash; 

islom sivilizatsiyasini tadqiq etish sohasining dolzarb ilmiy-nazariy va uslubiy masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar va ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni doimiy tashkil etib borish; 

islom sivilizatsiyasi yo‘nalishida amalga oshirilgan yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni xabardor qilib borish, respublika muzeylari va kutubxonalarida ishlayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va uslubiy treninglarni yo‘lga qo‘yish; 

islom tarixi va madaniyati yo‘nalishiga oid bilimlarni oshirishqadimiy qo‘lyozma va toshbosma asarlarni ta’mirlash, qog‘oz, kitobat, muqovasozlik, xattotlik san’atini tiklash, islom manbalarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish; 

“Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” g‘oyasining mazmun-mohiyatini, jumladan, uning ilm-fan rivojidinlararo va millatlararo bag‘rikenglikni ta’minlashdagi roli va ahamiyatini jamoatchilik orasida keng targ‘ib qilish. 

3. Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq etish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

“Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda tegishli vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilansin

4. Markaz huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) tashkil etilsin. 

Belgilansinki, Markaz direktori Jamg‘arma mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi. 

5. Quyidagilar: 

a) Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin: 

Davlat byudjeti mablag‘lari; 

xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari; 

homiylik xayriyalari; 

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar; 

b) Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan yo‘nalishlar etib belgilansin: 

ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar va hujjatlarni xarid qilish orqali Markaz kitob fondini kengaytirish

ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish

ijtimoiyilmiyma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish; 

kadrlarni tayyorlashqayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, konferensiyalarseminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish

Markaz faoliyati uchun zarur bo‘lgan multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish, Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish

Markaz ikki oy muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 

6. Markaz huzurida Samarqand qog‘ozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy an’analarini tiklash bo‘yicha ustaxona-laboratoriya (keyingi o‘rinlarda – Laboratoriya) tashkil etilsin va Laboratoriya tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot sinovlarining asosiy yo‘nalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

Belgilab qo‘yilsinki: 

Laboratoriyani tashkil etish, ayrim asbob-uskunalar, hisoblash texnika vositalari, butlovchi materiallar bilan ta’minlash va ularni o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlari) hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; 

Laboratoriya faoliyatiga sohada yetarli darajadagi bilim va ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar Markaz tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilinadi va ularning gonorari (ish haqi) Jamg‘arma hisobidan to‘lanadi

Laboratoriya tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot sinovlari natijalarini, jumladan, Samarqand qog‘ozi, muqovasozlik va xattotlik san’ati ijodiy mahsulini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar Markaz va Laboratoriya faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi

7. Markaz muzeyi ekspozitsiyalari va kutubxonasi fondini shakllantirish, aholidan xarid qilinadigan qo‘lyozma, toshbosma, bosma asarlar, tarixiy hujjatlar, eksponatlarni tahlil qilish, saralash, ularning noyobligini aniqlash va baholash bo‘yicha ekspertlik komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tuzilsin hamda uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

Markaz Fanlar akademiyasi, Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 

8. Markaz va Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tarixiy yozma manbalarni markazlashgan holda saqlash, tadqiq etish, ularning holatini doimiy monitoring qilish bo‘yicha mas’ul davlat muassasalari etib belgilansin. 

Markaz bir oy muddatda davlat tasarrufidagi barcha muzey, kutubxona, arxiv fondlari va boshqa davlat muassasalaridagi qadimiy qo‘lyozma va toshbosma manbalar ro‘yxatini shakllantirsin. 

9. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda

Markaz tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida tarixiy yozma manbalarning bosqichma-bosqich Markaz tasarrufiga o‘tkazilishi bo‘yicha choralarni ko‘rsin; 

islom sivilizatsiyasi va ziyorat turizmining ilmiy asoslari bo‘yicha yetarli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash hamda ularning malakasini doimiy oshirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Islom sivilizatsiyasi va ziyorat turizmi yo‘nalishida gid-ekskursovodlarni yetishtirish bo‘yicha Markaz huzurida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etsin; 

Markazni yuqori malakali, chuqur bilim va amaliy ish tajribasiga ega kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin. 

10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar

Markaz tarkibidagi kutubxona, arxiv hamda muzeyda saqlanayotgan qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalarni raqamlashtirish choralarini ko‘rsin

raqamlashtirilgan barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi mobil ilovani ishga tushirsin va aholi orasida uning keng targ‘ibotini amalga oshirsin; 

Markaz rasmiy veb-sayti, ma’lumotlar bazasi va mobil ilova o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi integratsiyasini ta’minlasin. 

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 

12. Markaz va uning tarkibiy bo‘linmalari Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy manzilidagi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 

13. Moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish ishlari uchun 2021-yilgi Davlat byudjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratilishini, 2022-yildan boshlab esa kelgusi yillarda amalga oshirishi belgilangan vazifalar uchun Davlat byudjeti parametrlarida zarur mablag‘larning nazarda tutilishini ta’minlasin. 

14. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish, tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga mas’ul hamda shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari B.A.Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.Sh.Minovarov belgilansin. 

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib borilsin. 

 

O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti Sh.MIRZIYOEV 

 

Toshkent shahri, 

2021-yil 16-iyul 

Manba: O'zA

Поделиться