O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda Tojikiston va AQSH vakillari Afg‘onistonda xavfsizlik sohasidagi vaziyatni muhokama qildilar
2021-07-16 | Siyosat
Toshkentda o‘tayotgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» yuqori darajadagi konferensiyasi doirasida Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirodjiddin Muhriddinning AQSH Prezidenti masalahachisi Elizabet Shervud-Rendall va AQSHning Afg‘onistonda yarashuv bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Tojikistonning “Xovar” Milliy axborot agentligi tomonidan bugun maʼlum qilinishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar Tojikiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlar, koronavirusga qarshi kurash, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi turish hamda Afg‘onistonda xavfsizlik sohasidagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi