O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-07-15 | Iqtisodiyot

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud raisligida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Pokiston hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston – Pokiston savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, ilmiy-texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi va uni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
 
Yig‘ilishda tomonlar Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifining kun tartibini tashkiliy-texnik va mazmun jihatidan boyitish masalalarini ham muhokama qildilar.
 
Tomonlar ikki tomonlama savdo va investisiyaviy hamkorlik yo‘nalishidagi ulkan, ishga solinmagan salohiyatni ta'kidlab o‘tishdi. Yig‘ilish davomida ikki mamlakatning aloqador vazirlik va idoralar rahbarlariga kelgusi yillarda qo‘shma loyihalar sonini va savdo aylanmasi hajmini oshirib borish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishga  doir ko‘rsatmalar berildi.
 
Qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat, farmasevtika, kimyo sanoati va boshqa sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
“Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” temir yo‘lini qurish loyihasi doirasida transport va logistika sohasidagi sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi alohida ta'kidlandi. Shuningdek, tomonlar Pokistonning Karachi, Gvadar va Qosim dengiz portlarining mavjud salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini muhokama qildilar. Transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bosqichma-bosqich “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. “Yo‘l xaritasi” amaliy chora-tadbirlar, hamkorlik mexanizmlari va har ikki tomondan vazirlik va idoralarning mas'ul rahbarlari ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
 
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida turizm sohasida, shu jumladan “ziyorat” turizmi yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish zarurligini ta'kidladilar. Shu nuqtai nazardan, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Pokiston Islom Respublikasi hukumatining Hududlararo muvofiqlashtirish vazirligi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishini olqishladilar.
 
Yig‘ilish natijalari bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzolanib, unda tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlar aks ettirildi va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться