O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi to‘g‘risida
2021-07-15 | Siyosat
Toshkentda "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" xalqaro konferensiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev ishtirok etdi.
Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarni, shu jumladan, davlat rahbarlari ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladigan qo‘shma hujjatlar loyihalarini muhokama qildilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi