O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koronavirusga qarshi emlash jarayonlari qanday kechmoqda?

2021-07-14 | Sog‘liqni saqlash

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan Respublika aholisini koronavirusga qarshi profilaktik emlash ishlarini tashkil etish vazifasi ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

“O‘zbekistonda koronavirusga qarshi profilaktik emlash (vaksinatsiya) jarayonlari” mavzusidagi tadbirda Markaz ekspert-mutaxassislari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas’ul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbati avvalida Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan aholini koronavirusga qarshi profilaktik emlash (vaksinatsiya) jarayonlarining holati, tashkil etilgan vaksinatsiya punktlari, emlash uchun xarid qilingan vaksinalar turlari, shuningdek, koronavirus kasalligiga chalinish holatlari va emlangan aholining kasallikka chalinish sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

— O‘zbekistonda rejali emalash amaliyoti oldindan mavjud, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov. – Xususan, mustaqillikning dastlabki yillarida 6 ta yuqumli kasallikka qarshi emlash amalga oshirilgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 13 taga yetdi. Shu bilan birga, ba’zi bir grippga o‘xshash mavsumiy, shuningdek, yana ayrim turdagi ichterlama, kuydirgi va qutirish kabi kasalliklarga qarshi ham tavsiyaviy emlashlar mavjud. bugungi kundagi koronavirusga qarshi emlash jarayoni ham vaqt o‘tib ushbu emlash turlari qatoriga kiritilishi mumkin. Buning uchun ma’lum bir vaqt davomidagi kuzatishlar talab etiladi. Ushbu kasallikni to‘laqonli yengib o‘tishimizning yagona yo‘li aholida immunitetni shakllantirishdir. Buning ikki yo‘li mavjud: birinchisi, aholini kasallikka chalinib immunitet hosil qilishi, ikkinchisi, vaksina olish orqali immunitet hosil qilish. Birinchi holat orqali kasallikni yengib o‘tish qanchalik xavfli ekanligini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ko‘pchilik insonlar kasallik og‘ir kechishi natijasida yaqinlarini ham yo‘qotishdi. O‘zbekistonda bugungi kunda emlash jarayoni bo‘yicha bor imkoniyatning yarmidan foydalanilayapti xolos. Agar biz aholiga emlash jarayoni haqidagi ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri yetkazsak, kasallikni yengib o‘tishimiz yanada osonlashadi. Dastlab, birinchi o‘rinda mamlakatdagi alohida xavf gruhiga kiruvchi 4 million 112 ming nafar aholini emlash nazarda tutilgan bo‘lsa, 1-iyul holatiga ularning 3,6 million nafari emlandi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 1-iyul holatiga 660 ming doza AstraZeneca, 6,5 million doza Xitoyning ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi hamda 240 ming doza Rossiyaning «Sputnik-V» vaksinasi olib kelingan. Ayni kunda O‘zbekistonda 2,5 million dozadan ortiq vaksina zaxirasi bor.

Shuningdek, davra suhbatida koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, zarur laborator hamda instrumental tekshiruvlar o‘tkazish, tekshiruv natijalaridan kelib chiqqan holda ularga davo muolajalarini tavsiya etish borasidagi ishlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani aytib o‘tildi.

O‘z navbatida, Sog‘liqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Umidulla Risqiyev aholi o‘rtasida emlash jarayoni bilan bog‘liq xavotirli vaziyatlarga oydinlik kiritib o‘tdi.

— bugungi kunda aholi orasida vaksinani olish bilan bog‘liq turli xildagi ikkilanish, vaksina olib ham kasallikka chalinganlar borku, degan xavotirlar mavjud, – dedi U.Risqiyev. – Ammo bunday gumonlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Vaksina olish aholi salomatligini samarali asrashda muhim bosqich hisoblanadi. To‘g‘ri, ayrim vaksina bilan emlangan fuqarolarimizda ham kasallikka qayta chalinish holatlari uchramoqda. Biroq ularda kasallik emlanmasdan virus yuqtirib olgan fuqarolarga nisbatan yengil kechadi. Birgina misol, bugungi kun holatiga O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi – ZF-UZ-VAC2001 bilan birinchi bor emlangan fuqarolarning 22 nafarida, ushbu vaksinani ikkinchi bosqichini ham qabul qilib bo‘lgan fuqarolarning esa 14 nafarida, 3 dozani olgandan keyin esa 4 nafar fuqaroda kasallikka

chalinish holati qayt etilgan va ular kasallikni yengil ko‘rinishda o‘tkazgan.Shu bois, biz ommaviy emlash jarayonlarini aholiga to‘g‘ri tushuntirib, keng miqyosda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishimiz zarur. Agar aholining 60-70 foizi emlanadigan bo‘lsa, biz qo‘rqmasdan kasallikni yengib o‘tsak bo‘ladi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida barcha kovidga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan markazlar va poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritma va reaktivlar, shuningdek, maxsus tibbiyot vositalari bilan ta’minlangan.

Davra suhbatida bugungi kunda bemorlar orasida bolalarning kasallikka chalinish holati ortib borayotgani sababli, koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini ular uchun mo‘ljallangan dozalarda ham ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha ayrim davlatlarda ilk sa’y-harakatlar boshlangani ma’lum qilindi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tgan davra suhbati yakunida aholini koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishi bilan bog‘liq bugungi kundagi dolzarb savollarga mutaxassis va ekspertlar tomonidan atroflicha javob berildi.

Manba: O'zA

Поделиться