O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika Vaziri “Masdar” Kompaniyasi Delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

2021-07-14 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri BAAning “Masdar” kompaniyasi bosh direktori Muhammad Jamil Al Ramohiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Delegatsiya bir kun oldin bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston hukumati bilan ikkita quyosh fotoelektr stansiyalari (QFES) bo‘yicha investisiya va elektr energiyasini sotib olish shartnomalarini imzolash marosimi munosabati bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
 
A.Sultanov “Masdar” kompaniyasining O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan energetika loyihalari uchun o‘tkazilayotgan tenderlarda doimiy ravishda faol ishtirok etayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Kompaniyaning ana shunday faol ishtiroki natijalaridan biri – Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi QFES loyihalari bo‘yicha investorlarni aniqlashda tenderlar g‘olibi sifatida e'tirof etilishidir.
 
Vazir zamonaviy, muntazam rivojlanib borayotgan energetika tarmog‘i bugungi kunda O‘zbekistonning ishlab chiqarish quvvatlari, oziq-ovqat sanoati, metallurgiya va boshqa muhim iqtisodiy sohalari barqarorligini ta'minlashning asosi ekanligini ta'kidladi. Shu munosabat bilan, mamlakat Energetika vazirligi oldiga talab oshib borayotgan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun shart-sharoit yaratish vazifasi yuklatilgan. Bu borada “Masdar” kabi yetakchi kompaniyalar ushbu vazifalarni hal etishda ishonchli hamkor va yordamchi bo‘lib hisoblanadi. 
 
Uchrashuvda Muhammad Jamil Al Ramohiy ta'kidlaganidek, O‘zbekiston nisbatan qisqa vaqt ichida qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) kabi innovasion yo‘nalishni rivojlantirish uchun zamonaviy huquqiy asos yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatda ushbu yo‘nalishni rivojlantirish, jumladan, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish uchun ishonchli asos bo‘lib hisoblanadi.
 
Uchrashuv davomida mehmonlarga joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik: Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi keng ko‘lamli xalqaro konferensiyasi haqida ham ma'lumot berildi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться