O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Soliq to‘lovchilar uchun qulaylik
2021-07-14 | Iqtisodiyot
Buxoroda davlat soliq boshqarmasining “Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish” binosi foydalanishga topshirildi.
Unda sektor rahbarlari, soliq to‘lovchilar va soha faxriylari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Zamonaviy arxitektura uslubidagi yangi binoda soliq to‘lovchilarga yuqori darajada servis xizmat ko‘rsatiladi.
Ilgari soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi juda past edi. Misol uchun, qishda sovuq yoki yozda issiq xonalarda ularga xizmat ko‘rsatishga to‘g‘ri kelardi. Hatto soliq to‘lovchilar uchun kutish zali, o‘rindiqlar va boshqa shart-sharoitlar ham yo‘q edi.
Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi binoda ushbu me’yorlarning barchasiga e’tibor berilgan.
Davlat soliq boshqarmasining yangi binosida davlat soliq xizmati organlari hodimlari soliq to‘lovchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq va shaffof tarzda soliq xizmatlarini ko‘rsatadi.
Tadbir ishtirokchilari yangi binoda faolyait olib boruvchi xodimlar va soliq to‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilar bilan ishlovchi 5 ta bo‘lim xizmat ko‘rsatadi.
“Kameral soliq tekshiruvi sho‘’basi” xodimlari soliq to‘lovchilarning hisobotlarini tashqi va ichki manbaalar asosida masofadan tekshiradi va tafovutlar haqida soliq to‘lovchilarga elektron talabnoma yuboradi.
“Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi bo‘limi” xodimlari bevosita QQS (qo‘shilgan qiymat soliq to‘lovchilar)ning arizalarini qabul qilib, qo‘shilgan qiymat soliqlarini qaytarish bilan shug‘ullanadi.
Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi” xodimlari yuzaga kelgan soliq qarzini majburiy undiruvga qaratib, undirish choralarini ko‘radi.
“Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi” xodimlari soliq to‘lovchilarning hisobotlarini qabul qilib, “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ish olib borib, hisobotlarni qabul qilishdagi muammolarni joyida bartaraf etishda yaqindan yordam berishadi.
“Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish bo‘limi” xodimlari soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisob-varaqlari bo‘yicha kamchiliklarni tuzatadi.
Soliq to‘lovchilar turli so‘rovlar, talablar bilan yugur-yugur, inspeksiyalarga qatnash mashaqqatidan qutildi. Bu esa ularga ancha qulaylik yaratdi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov ishtirok etdi.
Manba: O'zA