O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SHHTning navbatdagi sammiti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi
2021-07-13 | Siyosat
Shanhay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti 16-17-sentyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
“Xovar” Tojikiston milliy axborot agentligining maʼlum qilishicha, bu haqda SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Dushanbega rasmiy tashrif bilan kelgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida qayd etildi.
Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidan so‘ng SHHTga raislik qilish Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tishi kutilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan tashkilotning keyingi sammiti mamlakatimizda tashkil etilishini anglatadi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi