O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorining imtiyozli huquqi mavjudligi to‘g‘risida
2021-07-13 | Iqtisodiyot
BILDIRISH
“Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv kengashining 2021-yil 15-iyundagi 29-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Ipoteka-bank” ATIB aksiyalarining qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarori 2021-yil 12-iyulda R0775-20-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.
Ushbu chiqarilish doirasida egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi nominal qiymati 1 so‘m bo‘lgan umumiy qiymatdagi 122’364’762’032 co‘mlik 122’364’762’032 dona oddiy aksiyalar joylashtiriladi. Aksiyalarning har bir donasi uchun sotish narxi 1 so‘m.
Aksiyadorlar qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalardan o‘zi egalik qilayotgan shu turdagi aksiyalar ulushiga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin.
Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati ushbu bildirish ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab 10 kunni tashkil etadi.
Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, ushbu aksiyalar yopiq obuna orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joylashtiriladi.
Bank aksiyalarini olishda imtiyozli huquqqa ega aksiyadorlar ro‘yxati 2021-yil 15-iyun holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reyestri ma’lumotlari asosida tuziladi.
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida bankka taqdim etilishi kerak.
Manba: O'zA