O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namangan viloyati. Qo‘mita raisining o‘rganishlari
2021-07-12 | Ekologiya
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A. Maksudov Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.
Qo‘mita raisi dastlab Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashib, tizimda olib borilayotgan ishlarning ahamiyati, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan aniq takliflar tayyorlashning muhimligi xususida so‘z yuritdi. Ochiq muloqotda sohada mavjud muammolarni hal qilish, yoshlarning kasbiy malakalarini oshirish uchun yetarlicha shart-sharoit yaratish kabi qator mavzularga ham alohida e’tibor qaratildi.
Xizmat safari doirasida A. Maksudov Namangan viloyatida bioxilma-xillikni asrash, daraxtlarning noqonuniy kesilishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish, jamoatchilikning bu boradagi e’tirozlarini joyida o‘rganish, har bir holatni alohida tahlil qilish bo‘yicha hududiy boshqarma va tumanlardagi ekoinspektsiyalar mutasaddilariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi