O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning beshta shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda koreys tilini o‘rganish markazlari ochiladi

2021-07-12 | Ta’lim

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari Qirol Sejong instituti fondi (KSIF) prezidenti Kang Hyon Xva bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarning bugungi holatiga yuqori baho berilib, istiqbolda ushbu sohani yana-da rivojlantirishda hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Koreya Respublikasi tomoniga so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganishga hukumat darajasida eʼtibor qaratilayotgani, aholi orasida chet tilini o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani haqida maʼlumot berildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda aholi orasida koreys tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini hisobga olib, Qirol Sejong instituti fondi rahbari bilan istiqbolda yurtimizda koreys tili kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Kang Hyon Xvaning aytishicha, Qirol Sejong instituti fondi chet elliklar uchun koreys tili va madaniyatini targ‘ib qiluvchi Koreya Respublikasidagi asosiy muassasalardan biri hisoblanib, xorijiy universitetlar va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

KSIF asosan koreys tiliga hamda madaniyatiga talab yuqori bo‘lgan mintaqalarda Qirol Sejong markazlarini ochadi va ularning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun uzluksiz ko‘mak beradi. Bundan tashqari, yangi ochilgan markazlarni kerakli moliyaviy mablag‘ bilan taʼminlaydi, malakali o‘qituvchilar tanlab olib, har bir markazga yuboradi. Bundan tashqari, koreys tili va madaniyati bo‘yicha turli darsliklar ishlab chiqadi.

Hozirda dunyoning 82 davlatida 234 Qirol Sejong markazi mavjud. O‘zbekistonda ham ikkita Qirol Sejong markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekistonda koreys tili kurslari sonini ko‘paytirishga kelishib olindi.

 Jumladan, KSIF tomonidan Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Namangan va Denov shaharlarida koreys tilini o‘rgatuvchi markazlar ochiladi. Ushbu markazlar faoliyati Fond tomonidan to‘liq moliyalashtirilib, barcha kerakli adabiyot va texnik jihozlar bilan taʼminlanadi. Til kurslarida ishlash uchun Janubiy koreyalik malakali mutaxassislar O‘zbekistonga yuboriladi.

KSIF rahbari fond shu paytgacha biror davlatda koreys tilini o‘rganish bo‘yicha  5 ta til markazi ochmaganini bildirdi. Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, shuningdek, mamlakatda koreys tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish eʼtiborga olinib, ushbu  qaror qabul qilingan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться