O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saylov qonunchiligi – sudyalar nigohida

2021-07-09 | Siyosat

Samarqand viloyat sudida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik tadbirlari doirasida viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman va shahar sudlari sudyalari ishtirokida amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Amaldagi qonunlarimizda saylov qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy ta’sir choralari belgilangan bo‘lib, bundan saylov jarayoni ishtirokchilarining saylov qonunchiligiga to‘liq rioya etishlari va saylov huquqlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash muddaosi ko‘zlangan.

Seminarda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari R.Mahmudova O‘zbekiston Respublikasida saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va saylov jarayoni sub’ektlarining konstitutsiyaviy va huquqiy javobgarligi belgilari, asoslari  va sanksiyalari haqida so‘z yuritdi.  

Saylov qonunchiligini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va jinoyat uchun javobgarlik qat’iy belgilab qo‘yilishi saylov erkinligi prinsipi yanada to‘liqroq amalga oshirilishiga, mamlakatimiz saylov tizimi yanada demokratlashtirilishiga, saylovning ochiq hamda oshkoraligi tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Manba: O'zA

Поделиться