O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDHga aʼzo davlatlar bosh prokurorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2021-07-09 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maʼlumotiga ko‘ra, kecha Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa davlatlari prokuratura rahbarlarining xalqaro konferensiyasi doirasida Rossiya tomonining tashabbusi bilan MDHga aʼzo davlatlar bosh prokurorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida MDH hududida prokuratura organlari hamkorligining hozirgi holati muhokama qilindi, shuningdek, idoralararo aloqalarni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Unda Rossiya tomonidan MDHga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining masʼul kotibi lavozimiga Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurorining katta yordamchisi V.P. Ziminning nomzodi taklif etildi.
Ushbu taklif MDHga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi