O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar, tashqi savdo va sanoatni rivojlantirish sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

2021-07-09 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha investitsiya va tashqi savdo faoliyati ko‘rsatkichlari, shuningdek, mahalliy sanoat va kooperatsiya aloqalarini jadal rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi. Viloyat darajasidagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari tadbirda videokonferensiya aloqa orqali qatnashdi.

Yig‘ilishda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, to‘qimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal, farmasevtika, avtomobilsozlik va zargarlik sanoati, ipakchilik tarmog‘i, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Har bir alohida tarmoq doirasida yuqori iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan va tarmoq ichida hamda tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va yuqori sifatli hamda raqobatbardosh mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishning aniq ustuvor yo‘nalishlarini belgilash vazifalari qo‘yildi.

Yaqin vaqt ichida tarmoq birlashmalari rahbarlari tarmoqlarning hozirgi holatini chuqur tahlil qilib, tizimli muammolarni aniqlaydilar va ma'lum bo‘lgan muammolarning aniq yechimlarini o‘z ichiga olgan, shuningdek, tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqadilar.

Xo‘jalik birlashmalari rahbarlari qisqa muddatlarda tarmoqlarning bugungi holatini chuqur tahlil qilib, tizimli muammolarni aniqlaydi hamda aniqlangan muammolarning aniq yechimlarini o‘z ichiga olgan ushbu tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi.

Mutasaddi rahbarlarga eksport hamlarining qo‘shimcha o‘sishini ta'minlash uchun qo‘shimcha zahiralarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, tarmoqlar kesimida O‘zbekistonning 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi va hududiy investitsiya dasturlari ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Tasdiqlangan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta'minlash va tegishli ishlab chiqarish ob'ektlarini foydalanishga topshirish bo‘yicha ta'sirchan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga belgilangan vazifalar doirasida qo‘shimcha manzilli topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться