O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

2021-07-08 | Siyosat

Jenevada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi bilan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissarining o‘rinbosari Jilian Triggs o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.  

Muloqot ishtirokchilari O‘zbekiston bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi. Ushbu hamkorlik aloqalari o‘zaro ishonch va tom ma’nodagi sheriklikka asoslangan. Keyingi yillarda BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi bilan o‘zaro munosabatlar ayniqsa faollashdi. Xususan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi tomonidan 2021 yil bo‘yicha Qo‘shma ish rejasi ishlab chiqildi va ushbu reja muvaffaqiyat bilan bajarilmoqda. Mazkur hujjat doirasida birgalikda milliy va mintaqaviy miqyosda seminar va o‘quv treninglari o‘tkazildi. Shuningdek, fuqarosizlik va qochoqlar masalalariga oid xalqaro normativ-huquqiy amaliyotni milliy huquqni qo‘llash amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun modullar ishlab chiqildi.

Jilian Triggs uchrashuv asnosida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda fuqarosizlikni kamaytirish sohasida muhim natijalarga erishilganini e’tirof etdi. Bundan tashqari, u BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Toshkentga fuqarosizlik bilan bog‘liq masalalarni, xususan, BMTning 1961 yilgi tegishli Konvensiyasining ratifikatsiya qilinishi orqali hal etishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli bir qancha masalalar bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib oldi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati.

Manba: O'zA

Поделиться