O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va “Al Jazeera” media-korporatsiyasi bosh direktori hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
2021-07-08 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov “Al Jazeera” (Qatar) media-korporatsiyasining bosh direktori Mustafo Suag bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va “Al Jazeera” media-korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Mustafo Suag O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik siyosati va xalqaro media tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorlikni ijobiy baholadi.
Tomonlar istiqboldagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, tashkilotlar va idoralar matbuot xizmatlari mutaxassislarining kasb mahoratini oshirish bo‘yicha treninglar, seminarlar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni tashkil etish, mamlakatimizning jurnalistlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari va “Al Jazeera” media instituti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
“Al Jazeera” media-korporatsiyasi vakillari O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati haqida qo‘shma hujjatli filmlar turkumini tayyorlashga ham qiziqish bildirdi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi