O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘quvchilik yillari har insonning hayotida unutilmas lahzalari, xotiralari va doim yuzda samimiy tabassum bilan eslagulik sarguzashtlari bilan ajralib turadi.

2021-07-06 | Yoshlar

O‘quvchilik yillari har insonning hayotida unutilmas lahzalari, xotiralari va doim yuzda samimiy tabassum bilan eslagulik sarguzashtlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birgalikda umr bekatining eng quvnoq va qaynoq bu davri hayot yo‘llarimizni tanlab olishimiz, puxta bilim egallashamiz uchun muhim bosqich ham sanaladi.

Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini namunali xulq va a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirish marosimlari yuqoridagi fikrmizning yaqqol isbotidir.

Xususan, 2020-2021-o‘quv yilida Muborak tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 32 ta umumta’lim maktabining 11-sinfini 1 ming 181 nafar o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga yo‘llanma oldi. Ulardan 8 nafari oltin va 17 nafari kumush medallarga sazovor bo‘ldi. 

Tumandagi 1-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shohjahon Omonov ham maktabni a’lo baholarda tamomlab, oltin medal bilan taqdirlandi. U endigina maktabni tamomlagan bo‘lishiga qaramasdan Singapur institutining ikkinchi bosqichida tahsil olmoqda. Uning bu kabi yutuqlaridan otasi A’zam Hudoyberdiyevning quvonchi cheksiz.

– Har qanday ota-ona uchun farzandining yutug‘ini ko‘rishdan ortiqroq baxt bo‘lmasa kerak, – deydi A.Xudoyberdiyev. – O‘g‘limning erishgan yutuqlaridan qalbimda faxr tuyg‘usi jo‘sh urmoqda. Buning uchun uning ustozlariga ko‘pdan-ko‘p minnatdorlik bildiraman. O‘g‘lim kelajakda komil inson bo‘lib, jamiyatimizga fidoyilik bilan xizmat qilishini tilab qolaman. 

Tuman markazidagi madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab kamolga yetkazishda muhim omil bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

Bayramona ruhda tashkil etilgan tadbir qalbida shijoat, yuzida ertangi kunga ishonch porlab turgan yoshlar va ularning ustozlari, ota-onalarini yanada ruhlantirdi.  

Manba: O'zA

Поделиться