O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Pokiston siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2021-07-02 | Siyosat

2021-yilning 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Pokiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aftab Aman Qurayshiy boshchilik qildi.

O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini chuqurlashtirishga tomonlar manfaatdorligi bildirildi. Mintaqaviy masalalar, birinchi navbatda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy hamda infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklashga alohida e’tibor qaratildi.

2021-yilning 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasida Pokiston tomonining oliy darajadagi ishtirokining tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Maslahatlashuvlar doirasida umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться