O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
150 nafar bitiruvchiga sertifikatlar topshirildi
2021-07-02 | Jamiyat
Jizzax viloyatidagi «Ishga marhamat» monomarkazida qurilish sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash markazining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.
Shu kuni monomarkazda Rossiya Federatsiyasi Krasnodar o‘lkasi Ust-Labinsk shahridagi «Novыye lyudi» mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari tomonidan qurilish sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov tashkil etildi. Qurilish sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash markazi bitiruvchilari ham egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha ushbu tanlovda ishtirok etdi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar tez kunda Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tartibda yuboriladi.
Manba: O'zA