O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

2021-06-30 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, yangi O‘zbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bo‘yicha ko‘zda tutilgan 28 ta mukofot o‘rniga 2021-yil uchun istisno tariqasida 29 ta mukofot berilishi belgilansin.

2. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                        Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021-yil 28-iyun

*                *                  *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 28-iyundagi PQ–5164-son qaroriga  ilova 

   «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

RO‘YXATI

Madraimov        
Rustamjon Matkarimovich

-

Toshkent davlat agrar universiteti
Nukus filialining 4-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Nurniyazov Arman Arzubay uli

-

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  Nukus filialining 4-bosqich talabasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Bektashev Islomjon Baxtiyor o‘g‘li

-

Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Olimov          Xayrullo Xolmirzayevich

-

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Andijon viloyati)

Jumayev         Jahongir
Uktam o‘g‘li

-

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining guruh katta mutaxassisi (Buxoro viloyati)

Raxmatov         Anvarbek Zufarjonovich

-

Qorako‘l tumanidagi xalqaro matematika maktabining 9-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)

Safarov Qodiri         Qoplonbek  
Abdujalil o‘g‘li 

-

Jizzax politexnika institutining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Turdiqulov       
Hamidulla
Alisher o‘g‘li

-

R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 2-bosqich o‘quvchisi (Jizzax viloyati)

Abdurashidov        Bobur Kamolovich

-

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik- muhandislik bilim yurtining 4-bosqich kursanti (Qashqadaryo viloyati)

Karomatov Davurxon Fozil o‘g‘li

-

Qarshi davlat universitetining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Petrov Login        Aleksandrovich

-

Navoiy shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Navoiy viloyati)

 Sharopov       Shohrux Shavkatovich

-

Karmana tumanidagi «Karmana Al-Aziz Avitsenna» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi (Navoiy viloyati)

Asilbekov    Islom  Egamberdi o‘g‘li

-

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Umurzakov         Bekzod   
Nemat o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Uchqo‘rg‘on tumani qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi (Namangan viloyati)

Abdullayev        Abduraxmon Feruzovich

-

Samarqand shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Oripov Shaxzod  
Ilxom o‘g‘li

-

Samarqand viloyati Urgut tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i

Faxriyev          Jahongir Alisherovich

-

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Karimov           Dilshod    
Mashrab o‘g‘li

-

Oqoltin tumanidagi 7-bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (Sirdaryo viloyati)

Mavlonov Yorbek         Abduvait o‘g‘li

-

Sirdaryo viloyati «New Level Shoes» oilaviy korxonasi rahbari

Ayubjonov Asadbek O‘lmasovich

-

V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 8-sinf o‘quvchisi (Surxondaryo viloyati)

Murodulloyev       
Ma’rufjon
Fayzullo o‘g‘li

-

O‘zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi (Surxondaryo viloyati)

Avazov          Sardorjon
Erkin o‘g‘li

-

Toshkent davlat agrar universitetining qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi professori (Toshkent viloyati)

Umaraliyev          Fazliddin Faxritdin o‘g‘li

-

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

  Karimov            Davlatjon Shermaxomot o‘g‘li

-

Erkin Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi (Farg‘ona viloyati)

Haydarov          Temurbek Tohirjon o‘g‘li

-

Farg‘ona davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati)

Jumaniyazov Aminzoda G‘ayratovich

-

O‘zbekiston davlat akademik katta teatri yetakchi opera solisti (Xorazm viloyati)

Ko‘palbayev          Azamat
G‘ayrat o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari xodimi (Xorazm viloyati)

Abdukayumov Firdavs Zoxidovich

-

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Anvarov             Fazliddin Ubaydulla  o‘g‘li

-

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Manba: O'zA

Поделиться