O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish- davr talabi

2021-06-29 | Xavfsizlik sohasi

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona institutida “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti, Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi,  Bojxona instituti, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta ta'lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbarlari va mas'ullari ishtirok etdilar.
 
Ilmiy-amaliy seminarda IIV Malaka oshirish instituti Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash kafedrasi boshlig'i, polkovnik Ulubek Rasulev so'zga chiqib, mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtirilayotganligi, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishning sifat jihatdan yangi tizimi, ya'ni ichki ishlar organlarida xizmatni o'tash tartibiga uzluksiz o'quv-kar`era jarayoni tizimi kiritilganligini, o'quv jarayonini zamon talablariga mutanosib ravishda tashkil etishga alohida e'tibor qaratilayotganligini, xodimlar malakasini oshirishda innovatsion usullarni qo'llash, uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish, unda ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va vazifaga qo'yishning shaffof tizimini yaratish, korruptsiyaga qarshi murosasiz jamiyatni barpo etish, kadrlar malakasini oshirish tizimini mustahkamlash asosiy vazifalardan ekanligini ta'kidladi.
 
Malaka oshirish kurslari o'quv jarayoniga o'qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalari, jumladan, masofaviy ta'lim shakli ham joriy etildi. Boshqa soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini oshirish bo'yicha qator yangi kurslar tashkil etildi.
 
Tadbirda so'zga chiqqanlar keng qamrovli va jadal islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlangan davlatlar darajasiga ko'tarish muhim masala ekanligini qayd etishdi. Ilmiy-amaliy seminarda xulosa va takliflar muhokama qilinib, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish respublikamiz malaka oshirish muassasalari faoliyatidagi ilg'or tajribalarni o'rganish, tizimdagi mavjud muammolarni echimi yuzasidan fikr-mulohazalar almashishdi.
 
O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться