O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston delegatsiyasining tashrifi yakunlari bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tayyorlandi va hamkorlikning yo‘nalishlari belgilandi

2021-06-28 | Iqtisodiyot

Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi “yo‘l xaritasi” bo‘yicha erishilgan dastlabki kelishuv bilan yakunlandi. 

Yo‘l xaritasi”loyihasida ko‘rsatilgan bandlar Tojikiston tomonidan — So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda va Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, mamlakatimiz tomonidan — O‘zR qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev va Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov ishtirokida o‘tkazilgan yakuniy rasmiy uchrashuv chog‘ida ko‘rib chiqildi.
 
 
So‘g‘d viloyatining yer va tuproq holatini, ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganish asosida hujjatni batafsil ishlab chiqib, yakuniga yetkazish hamda to‘qimachilik, ipakchilik, sholichilik, meva-sabzavotchilik va boshqa ishlab chiqarish hamdaqayta ishlash klasterlari va korxonalarini yaratish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasini o‘rganish va joriy etish singari bir qator yo‘nalishlardagi hamkorlik yuzasidan aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida yaqin kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga javob tashrifini uyushtiradi.
 
Eslatib o‘tamiz, 24-25 iyun kunlari Tojikiston delegatsiyasining yurtimizga tashrifi va agrar soha ob'ektlari bo‘ylab tanishuv turi, 2021 yil 10-11 iyun kunlari Tojikistonga oliy darajadagi tashrif natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi ko‘magi ostida tashkil etildi. So‘g‘d viloyati raisi boshchiligidagi delegatsiyasi tarkibiga Tojikistonning Xo‘jand, Guliston, Spitamen va Zafarobod tumanlari rahbarlari, shuningdek, yirik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari va kompaniyalari boshliqlari kirdi.
 
Ikki kun davomida 30 kishilik Tojikiston delegatsiyasi Toshkent viloyatidagi bir necha agro-ob'ektlarda bo‘ldi va ularning faoliyatini o‘rgandi. Qishloq xo‘jaligida bilim, innovasiyalar va xizmatlar markazi AKIS, sholini yetishitirish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega TST Rice sholichilik klasteri, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va quritish bo‘yicha TNA Agro Invest korxonasi, Uzumfermer vino ishlab chiqarish korxonasi, UzTex korxonasi, yangi meva-sabzavotlarni yetishtirish hamda yangi, quritilgan va muzlatilgan mahsulotlarni qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha korxonalarga ega to‘liq siklli majmua Gold Dried Fruits agroxoldingi shular jumlasidandir. Shuningdek mehmonlar paxtani qayta ishlash va to‘qimachilik ishlab chiqarish bo‘yicha Real Agro Cottonklasteri hamda tut ipak qurti urug‘lari ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta xo‘jalik, pillani qayta ishlash va ipak matolar hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 46 ta xo‘jalik, tut daraxti urug‘liklari va ko‘chatlari ishlab chiqarish bo‘yicha 22 ta xo‘jalikni birlashtirgan «O‘zbekipaksanoat» uyushmasida bo‘lishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться