O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tailandda g‘urur va iftixorimiz ramzi — Davlat gerbi qabul qilinganing 29 yilligi nishonlandi

2021-06-28 | Madaniyat

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Tailand hududida istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan «Davlat ramzlarining fuqarolarda milliy g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ularini yuksaltirishdagi roli» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbir davomida mamlakatimiz mustaqilligini ifodalovchi muqaddas ramzlardan biri sifatida Davlat gerbining xorijdagi fuqarolarimiz hayotida tutgan o‘rni bo‘yicha fikr almashildi.
 
Davlat gerbi – bu vatanimizni boshqa mamlakatlardan ajratib turadigan ramzi va timsoli ekani, davlatimizning siyosiy, milliy, xo‘jalik, jug‘rofiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an'analarini o‘zida mujassamlashtirgani qayd etildi.
 
O‘z navbatida, vatandoshlarimiz O‘zbekistondan uzoqda bo‘lishiga qaramay, bag‘rikeng xalqning munosib farzandi sifatida Davlat gerbini muqaddas va milliy g‘urur, deb e'tirof etishi va uni chet elliklar orasida yanada tanitishda doimo o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishga intilishini ta'kidladi.
 
Davra suhbatida so‘zga chiqqqan Tailandning «Rajabhat Valaya Alongkon University Demonstration School» menejeri va katta o‘qituvchisi Baxtiyor Karimov va «Chokchai Rangsit school» maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Murodil Matismanov o‘zlari ta'lim berayotgan tailandlik yoshlarda O‘zbekiston davlat ramzlari, xususan, davlat gerbi, undagi ma'nolar to‘g‘risidagi ma'lumotlar katta qiziqish uyg‘otganini ma'lum qildi.
 
Uchrashuv yakunida Bosh konsulxona tomonidan o‘tkaziladigan anjumanlar va joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbirlarda vatandoshlarimizning faol ishtirokini ta'minlashga kelishildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться