O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2021-06-28 | Iqtisodiyot

25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
 
Shuningdek, kelgusi haftada Turkiya Respublikasi vise-Prezidenti Fuat Oktayning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda O‘zbek-Turk biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilganligi va ularning amalda joriy etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining yanada rivojlanishiga yangi turtki berishi ta'kidlandi.
 
Qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishni nazarda tutgan holda kutilayotgan tadbirlar kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться