O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiya taraqqiyot agentligining operatsiyalar bo‘yicha Ijrochi direktori Jan-P'er Marcelli bilan muzokaralar o‘tkazildi

2021-06-26 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.Vafayev Fransiya taraqqiyot agentligining operatsiyalar bo‘yicha Ijrochi direktori J.Marselli boshchiligidagi delegatsiya bilan hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish maqsadida muzokaralar o‘tkazdi.

J.Marcelli O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yuqori baho berdi, shuningdek, FTAning O‘zbekistonda iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonlariga moliyaviy, investitsiyaviy va maslahat yordamini kengaytirishda davom etishga tayyorligini bildirdi.
 
Tomonlar qo‘shma investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini batafsil muhokama qildilar, shuningdek, O‘zbekiston bilan 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturining imzolanishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Dastur umumiy qiymati 1,2 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan 12 ta yangi loyihani moliyalashtirishni nazarda tutadi.
 
Muzokaralar chog‘ida uy-joy kommunal xo‘jaligi, ekologiya, avtomobil' yo‘llari va xususiy sektor sohalaridagi hamkorlik ham muhokama qilindi.
 
Tomonlar kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha mushtarak maqsadlarni belgilab oldilar.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yaqin kelajakda FTA bilan “Chorvachilik sohasiga inklyuziv va iqlimiy investitsiyalar” loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit shartnomasini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Loyiha uchun uzoq muddatli va imtiyozli shartlarda Fransiyaning 100 mln yevro miqdoridagi mablag‘lari jalb etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться