O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e'lon qilingan loyihalar tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi

2021-06-25 | Jamiyat

Malumki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan 2021-yilning birinchi yarim yilligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 104,3 mlrd so‘m bo‘lgan 96 ta ilmiy loyihalar moliyalashtirildi.
 
Bugun 8 ta fan yo‘nalishi kesimida Fanlar Akademiyasi hamda 5 ta vazirlik tasarrufidagi 14 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 10 ta oliy ta'lim muassasasi, 9 ta ilmiy markazlar tomonidan bajarilayotgan loyiha  rahbarlariga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 38,2 mlrd. so‘m bo‘lgan 33 ta amaliy hamda innovatsion loyiha rahbarlariga sertifikatlar topshirilmoqda.
 
Ushbu loyihalarning yakuniy natijalari qishloq xo‘jaligi sohasida agrotexnologiyalar, tibbiyot sohasida davolash texnologiyalari, axborot texnologiyadari sohasida dasturiy mahsulotlar, mobil ilovalar ishlab chiqishga qaratilgan.
 
Ma'lumot uchun: Joriy yilda umumiy qiymati 179,9 mlrd. so‘m bo‘lgan 158 ta tematik mavzu (48 ta innovatsion, 110 ta amaliy)lar e'lon qilindi.
 
Hozirda 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha umumiy qiymati 55,7 mlrd so‘m bo‘lgan 48 ta tematik mavzular uchun tanlovlar davom etmoqda.
 
Shuningdek, “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro ilmiy loyihalar tanlovi, “O‘zbekiston-Belarus'” xalqaro fundamental loyihalar tanlovi, “O‘zbekiston-Vengriya”, “O‘zbekiston-Rossiya” ilmiy va startap loyihalar tanlovi ham davom etmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться