O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident maslahatchisi Adliya vazirligiga tashrif buyurdi

2021-06-25 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ser Suma Chakrabarti Adliya vaziri bilan uchrashdi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Ser Suma Chakrabartini adliya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy sohadagi islohotlar bilan tanishtirdi.  

Adliya vazirligi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markaziga tashrif asnosida maslahatchi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlardan xabardor bo‘ldi.  

Aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligini yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mehmonda katta taassurot qoldirdi.  

S.Chakrabarti hamda adliya vaziri R.Davletov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlar, xususan korrupsiyaga qarshi kurash hamda ingliz huquqini qo‘llash sohasida erishilgan natijalar, shuningdek, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.  

 N.Abduraimova

Manba: O'zA

Поделиться