O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2021-06-23 | Iqtisodiyot

Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraislari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri M.Reshetnikovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikning joriy holati va uni yanada kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
 
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilganligini qayd etib, o‘zaro munosabatlarning bunday shakli ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashning samarali vositasi ekanligini ta'kidladilar.
 
Investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, tomonlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiya investitsiyalari oqimining yuksalayotgan dinamikasini yuqori baholab, sanoat kooperatsiyasining qo‘shma loyihalarini ko‘paytirish muhimligini ta'kidladilar. Uchrashuv ishtirokchilarining fikricha, Rossiya ishlab chiqaruvchilarining texnologik imkoniyatlari va O‘zbekistonning xom ashyo bazasi va iqtisodiy resurslarini hisobga olgan holda mazkur yo‘nalish yanada rivojlanish uchun salmoqli salohiyatga ega.
 
O‘zaro savdo rivojlanishida ijobiy tendensiya qayd etildi. Xususan, 2020-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston – Rossiya tovar aylanmasining o‘sishi 2019-yilga nisbatan 13 foizni tashkil etdi va joriy yilning yanvar – may oylari mobaynida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning Rossiyaga yetkazib berilayotgan eksport hajmi 24 foizga o‘sdi.
 
Shu nuqtai nazardan, tomonlar 2020-yil oktyabr oyida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida erishilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi kelishuvlarning bajarilishini muhokama qildilar. Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishining kun tartibini muhokama qilish hamda yangi investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini ishlab chiqish maqsadida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari ishini faollashtirish va 9 ta kichik komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro iqtisodiy hamkorlik doirasida mushtarak vazifalarni hal etishni jadallashtirish maqsadida navbatdagi amaliy say-harakatlarni belgilab oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться