O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik» mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini sessiya formatida davom ettirdi
2021-06-23 | Jamiyat
Forumni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norbayeva ochdi. U forum ishtirokchilariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib berdi.
Delegatlarni, shuningdek, Oliy Majliq Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov, Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi Munir Akram, YEXHT Parlament assambleyasi raisi Lord Piter Bauness, Turkiy kengash Parlament assambleyasi bosh kotibi Altinbek Mamayusupov, Osiyo Parlament assambleyasi bosh kotibi Dmitriy Rezo Akrom, MDH Parlamentlararo kengashi kotibi Dmitriy Kobiskiy, turkiyalik deputat Ismat Uchma va BMTning O‘zbekistondagi rezident koordinatori Helena Freyzer qutladi.
Forumning birinchi kunida to‘rtta sessiya o‘tkaziladi. Ularda BRMga samarali erishishda parlamentlarning roli, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha davlatlarning milliy taraqqiyot strategiyalari, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va bu jarayonlarda statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha moliyalashtirish faoliyatining asosiy jihatlari muhokama qilinadi. Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi