Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida veterinariya xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va bilim ko‘nikmalarini shakllantirish mavzusiga doir o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda boshqarma xodimlari, Toshkent shahri dehqon bozorlari veterinariya-sanitariya laboratoriyalari mudirlari hamda Shayxontoxur tuman prokuraturasi mas'ullari ishtirok etishdi.
Seminarda ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda qonuniylikni ta'minlash yuzasidan xodimlarning huquqiy bilimlarini shakllantirish hamda sohaga doir huquqiy-normativ hujjatlarning mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Shuningdek, tadbir davomida dehqon bozorlarida sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari sotilishining oldini olish va bu borada qat'iy nazorat o‘rnatish lozimligi, bunday hollarda mahsulot egalariga tegishli tartibda chora ko‘rilishi qonun ustuvorligini ta'minlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi